Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSB rahbarlari xalq deputatlari kengashlariga hisobot beradi
Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini, tegishincha aholi biriktirilgan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining axborotini eshitadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?
13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
10:18 / 22.05.2025