Sport | 10:10 / 09.10.2023
19431
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyalik Kiptum marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Kelvin Kiptum Chikago marafonini 2 soat-u 35 soniyada yakunladi. Avvalgi rekord Berlinda boshqa bir keniyalik Eliud Kipchoge tomonidan o‘rnatilgan edi.

Foto: EPA-EFE/ TOLGA AKMEN

Keniyalik sportchi Kelvin Kiptum marafon bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. 8 oktyabr, yakshanba kuni Chikagodagi musobaqada 23 yoshli keniyalik 42 kilometr-u 195 metr masofani 2 soat-u 35 soniyada chopib o‘tdi.

Avvalgi jahon rekordi Kiptumning hamyurti Eliud Kipchoge tomonidan 2022 yilgi Berlin marafonida o‘rnatilgan edi. U masofani 2 soat 1 daqiqa 9 soniyada chopib o‘tgan. 2019 yilning kuzida Kipchoge Venadagi poygani 1 soat, 59 daqiqa, 40,2 soniyada yakunlab, ikki soat ichida natijaga erishgan birinchi marafonchi bo‘ldi. Biroq, u musobaqa maxsus yaratilgan ideal sharoitda bo‘lib o‘tgan va rasmiy rekord hisoblanmaydi.

Ayollar marafonida jahon rekordi efiopiyalik sportchiga tegishli. Sentyabr oyida Tigist Assefa Berlin marafonini 2 soat 11 daqiqa 53 soniyada yakunladi.

Mavzuga oid