O‘zbekiston | 18:55 / 11.10.2023
5086
2 daqiqa o‘qiladi

«Yangi O‘zbekiston» universiteti hamda nemis kompaniyalari vakillari uchrashishdi

Foto: Yangi O‘zbekiston

O‘zbek akademiyasi va nemis sanoati o‘rtasida hamkorlik ekotizimini yaratish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

3 oktyabr kuni «Yangi O‘zbekiston» universitetida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan nemis kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 30 ga yaqin germaniyalik sanoat kompaniyalari ishtirok etdi.

Nemis kompaniyalariga «Yangi O‘zbekiston» universitetining innovatsiya, ilmiy-tadqiqot va akademik salohiyati taqdimot qilindi. Ishtirokchilar ta’lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasida ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Tadbir yakunida «Yangi O‘zbekiston» universiteti va germaniyalik sanoat kompaniyalari o‘rtasida talabalar amaliyoti, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, olimpiada, hakaton va shu kabi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Sayt: newuu.uz

Telegram: t.me/newuzbekistanuniversity

Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity

Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity

Reklama

Mavzuga oid