Qamchiq dovonida qor yog‘di
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 13 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda ba’zi joylarda qorga aylanishi kutilayotgandi.
Qamchiq dovonida 13 oktyabr kuni erta tongda qor yog‘di. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Vazirlik haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘ragan.
"Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi", deyiladi xabarda.
Bundan avval "O‘zgidromet" O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 13 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda ba’zi joylarda qorga aylanishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:01 / 08.03.2025
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

16:42 / 26.02.2025
Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi tufayli aholini ogohlikka chaqirdi

11:47 / 26.02.2025