O‘zbekiston | 09:51 / 14.10.2023
105841
1 daqiqa o‘qiladi

Captiva-5 narxlari e’lon qilindi

Yangilangan Chevrolet Captiva qariyb 300 mln so‘mdan 350 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqariladi.

Foto: Kun.uz

Oktyabr oyining oxiridan O‘zbekistonda Captiva-5 sotuvlari boshlanadi. UzAuto Motors rasmiy sahifasida e’lon qilinishicha, yangilangan Captiva-5 LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha bo‘ladi:

  • LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
  • LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
  • Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.  

Narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

UzAuto Motors 2021 yilning kuzida ham Captiva-5 modeli sotuvini boshlab, shartnomalar tuzgan, lekin ma’lum vaqtdan keyin jarayon to‘xtatilgandi. Bunga sabab sifatida Saptiva-5ʼning O‘zbekiston iqlimiga to‘g‘ri kelmasligi aytilgandi. O‘sha paytda bu avtomobil 222 mln so‘mdan 310 mln so‘mgacha narxda sotuvga chiqarilishi xabar qilingandi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid