O‘zbekiston | 12:58 / 14.10.2023
8725
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda raqamli energetikani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda ekotizim hamkorlari uchun Huawei Digital Power seminari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Huawei

Seminarda Huawei Digital Power kompaniyasining 100 dan ortiq yetakchi mutaxassislari, ekspertlari va hamkorlari ma’lumotlar markazlari, raqamli va qayta tiklanadigan energiya kabi sohalar uchun ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni muhokama qilish hamda O‘zbekistonda raqamli va energetika infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida muvaffaqiyatli global tajriba almashish uchun yig‘ildi.

2023 yil 13 oktyabr kuni Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli energetikani rivojlantirish mavzusida seminar o‘tkazdi, unda AKT sohasiga energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanadigan quyosh energiyasi manbalaridan foydalanish nuqtai nazaridan sohani rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Huawei menejyerlari va ekspertlari, ixtisoslashgan tashkilotlar menejyerlari va mutaxassislari, hamkorlar va tartibga soluvchi ekspertlar mamlakatda raqamli energetikani yuqori sifatli rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida yashil, samarali, moslashuvchan, intellektual va barqaror global energiya tizimini qurish tajribasini o‘rgandi.

Huawei Datacenter Facility and Critical Power Business Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi direktori janob Van Tsian “Ekologik kelajak uchun ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yechimlaridagi global tendensiyalar” mavzusida taqdimot qildi va raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgani sari global tarmoqlar, hisoblash quvvati va ma’lumotlar hajmi jadal o‘sib borayotganini ta’kidladi. “Ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun poydevor bo‘lib ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, aloqa tarmoqlari va sensor qurilmalari xizmat qiladi. Huawei kompaniyasi raqamli sanoat uchun yangi energetika infratuzilmasini barpo etish, raqamli dunyoni quvvatlantirish uchun energiya bo‘shlig‘ini bartaraf etish orqali har bir vattga ko‘proq ulanishni ta’minlash va har bir vattdan ko‘proq hisoblash quvvatini olib chiqarishga intiladi”, — deya qo‘shimcha qildi Van Tsian.

Qayta tiklanadigan quyosh energetikasini rivojlantirishga bag‘ishlangan sessiyada Huawei Smart PV Channel Business Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi boshqaruvchisi janob Tszin Yuy kompaniyaning fotovoltaik texnologiyalar va energiya saqlash tizimlariga asoslangan uglerod neytralligiga tezda erishish bo‘yicha qarashlarini taqdim etdi. “Texnologiya rivojlanishi bilan quyosh energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari pasayishda davom etadi. Fotovoltaik energiya ishlab chiqarishning tijorat qiymati qazib olinadigan yoqilg‘i qiymatidan ancha yuqori. Biroq qayta tiklanadigan energiya manbalarining yuqori kirib borishi elektr tarmoqlarining barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, Huawei Digital Power innovatsiyalar kiritishda davom etmoqda va bit va vatt konvergensiyasini, shuningdek, uzluksiz ishlashni qo‘llab-quvvatlagan holda qayta tiklanadigan energiya manbalarini tarmoqqa integratsiyalashgan holda fotovoltaik tizimlar va energiya saqlash tizimlari (ESS) konvergensiyasini targ‘ib qilmoqda. Shu maqsadda Huawei Digital Power o‘z mijozlari va hamkorlari bilan yangi energiya tizimlarini yaratishni tezlashtirish va uglerod neytralligiga erishish uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda”.

Raqamli energetika ekotizim sohasi ekanini hisobga olgan holda, Huawei Digital Power 2021 yildan buyon O‘zbekistondagi tartibga soluvchi organlar va sanoat hamkorlari bilan barqaror hamkorlik qilish majburiyatini oladi. Bunga misol qilib, sertifikatlangan mintaqaviy VAP-hamkori Photomate bilan yaqin hamkorlikni keltirish mumkin, ular bilan birgalikda O‘zbekistonda quyosh energiyasi yechimlarini tatbiq etish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilgan. “Chexiyaning Photomate kompaniyasi O‘zbekistondagi ish faoliyatining birinchi yilida Huawei bilan qo‘shma ish va hamkorlar bilan 50 MVt dan ortiq uskunani muvaffaqiyatli amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi, 50 ta stansiyani o‘rnatish va ulashda yordam berdi va shuningdek, mahalliy muhandislar uchun o‘nlab texnik treninglar o‘tkazdi. Umuman olganda, Photomate O‘zbekiston uchun quyosh energiyasi yo‘nalishida katta istiqbollarni ko‘radi va mahalliy va xalqaro kompaniyalar bilan yanada samarali hamkorlik qilishga umid qiladi”, — dedi Photomateʼning Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aleksandr Shamrov.

Tadbir davomida ishtirokchilar kompaniyaning raqamli energetika sohasida hamkorlar bilan ishlash siyosati bilan tanishdi va tijorat, sanoat tarmoqlari hamda maishiy quyosh elektr stansiyalari bozori va elektromobillarni o‘ta tezkor quvvatlash stansiyalari uchun fotoelektrik yechimlar bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama

 

Mavzuga oid