O‘zbekiston | 08:59 / 18.10.2023
3566
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari tizimini rivojlantirish strategiyasi e’lon qilindi

Loyiha Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ko‘magida ishlab chiqilgan.

Prezidentning “2023-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha 2023-2027 yillarda O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyiha bilan davlat xaridlari sohasini tartibga solishning asosiy maqsadlariga erishish, davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini, shu jumladan, elektron tizimni yanada rivojlantirish, uning samaradorligini va ochiqligini oshirish, mazkur sohadagi davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Loyiha Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ko‘magida ishlab chiqilgan.

Loyiha quyidagi ustuvor yo‘nalishlarning amalga oshirilishini nazarda tutadi:

davlat xaridlari sohasida me’yoriy-huquqiy va metodologik bazani takomillashtirish;

barqaror davlat xaridlarini, jumladan “yashil” davlat xaridlarini amalga oshirish;

davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;

davlat xaridlarida tadbirkorlik sub’yektlarining keng ishtirokini ta’minlash maqsadida ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;

davlat xaridlari sohasidagi korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish.

Mavzuga oid