AQShda namoyishchilar Kongress binolaridan biriga bostirib kirdi
Faollar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan va politsiya talabiga qaramay, binoni tark etishdan bosh tortgan. Namoyish qo‘lga olishlar bilan yakunlandi.
18 oktyabr, chorshanba kuni Vashingtondagi Kapitoliy tepaligida AQSh Kongressi binolaridan biri bo‘lgan Kennon binosiga kamida yuz nafar namoyishchi kirdi. Namoyishchilar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Ular politsiya talabiga qaramay binolarni tark etishdan bosh tortdi va natijada namoyish qo‘lga olish bilan yakunlandi.
Falastin uchun namoyishni «Tinchlik uchun yahudiy ovozi» tashkiloti o‘tkazdi: uning a’zolari o‘zlarini antisionist-yahudiylar deb ataydi. Kennon binosidagi namoyishchilar «Bizning nomimizdan emas» va «Yahudiylar hozir o‘t ochishni talab qilmoqda» deb yozilgan futbolkalarni kiyib oldi.
Politsiyaning xabar qilishicha, qo‘lga olingan uch nafar faol politsiyachiga hujum qilganlikda ayblangan. BBC muxbiriga ko‘ra, politsiya bir necha o‘nlab namoyishchilarni qo‘lga olgan.
Vaziyatning keskinlashishi
HAMAS 7 oktyabr kuni Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Shundan so‘ng Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) G‘azo sektorida HAMASga qarshi javob qaytara boshladi.
Keyingi haftada «Hizbulloh» Livan janubidan Isroilni o‘qqa tuta boshladi. Bundan tashqari, HAMASning Isroilga hujumi Eron rasmiylari tomonidan ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlandi. Tehron Isroilni G‘azo sektoriga hujumlarni davom ettirsa, «jiddiy oqibatlar» haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024