O‘zbekiston | 09:55 / 19.10.2023
8454
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airports'ning Silk Avia'dagi ulushi Uzbekistan Helicopters'ga o‘tdi

Silk Avia aviakompaniyasining 100 foiz ulushi Uzbekistan Airports'dan olinib, Uzbekistan Airways'ning sho‘basi bo‘lmish Uzbekistan Helicopters'ga berildi.

Foto: Uzbekistan Airports

“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Silk Avia” MChJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushi uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi.

Shuningdek:

  • Uzbekistan Airports'ning 3 ta ATR72-600 rusumli havo kemasi Silk Avia'ga beg‘araz o‘tkaziladi;
  • Silk Avia faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida ATR72-600 rusumli havo kemalari soni oshiriladi;
  • Uzbekistan Airways tarkibidagi Uzbekistan Helicopters zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda ATR72-600 rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.

Mavzuga oid