Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha turoperatorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
Turoperatorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xizmatlar ko‘rsatilganini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizini qaytarish xizmatlar ko‘rsatilgan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi kunidan keyin amalga oshiriladi.
“Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha turoperatorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 maydan boshlab 2024 yil 1 iyulga qadar tajriba tariqasida turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar (joylashtirish, avtomobil yoki temir yo‘l transporti, ekskursiya va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar qamrab olingan) bo‘yicha chet ellik hamkorlariga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘lar respublika budjetidan subsidiya sifatida qaytariladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha turoperatorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlanadi:
- ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini turoperatorlarga qaytarish tartibi;
- ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha turoperatorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish uchun asoslar;
- ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha turoperatorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarishda soliq organlari va g‘aznachilik organlarining o‘zaro hamkorligi tartibi.
Belgilanishicha, turoperatorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizini qaytarish xizmatlar ko‘rsatilgan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi kunidan keyin amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi
10:56 / 18.03.2025