Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHQni buzgan xorijiy transport to‘g‘risidagi ma’lumot «onlayn» rejimda uzatiladi
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquqbuzarlik qayd etilgan paytning o‘zida “onlayn” rejimda yuborish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
“Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini qo‘llash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish va MJtKning 36-moddasida belgilangan talablarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash maqsadida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hodisa jarima solish to‘g‘risidagi qarorni chiqarishga mas’ul bo‘lgan vakolatli shaxsga 48 soat ichida yuborilishi tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Bundan tashqari, yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquqbuzarlik qayd etilgan paytning o‘zida “onlayn” rejimda yuborish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Loyihada MJtKning 171- va 271-moddalariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilgani bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qarorni chiqarishni istisno etuvchi holatlar aniq ko‘rsatib berilmoqda. Ushbu holatlar orasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hodisa jarima solish to‘g‘risidagi qarorni chiqarishga mas’ul bo‘lgan vakolatli shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan holatlar nazarda tutilgan.
Shunga asosan, tegishli nizomga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklarni jarima solish to‘g‘risidagi qarorni chiqarishga vakolatli organga yuborish muddatini belgilab beruvchi qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
14:38 / 02.05.2025