Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dipfeyklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi
Kibermakonda shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma’lumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
24 oktyabr kuni Senat Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mita majlisida Senat navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi doirasida ko‘rib chiqiladigan masalalar muhokama qilindi.
Senatorlar tomonidan “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Keyingi paytlarda internetdan foydalangan holda bir qator shaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarini zararli dastur yuborish yo‘li bilan bloklab (to‘sib) qo‘yish, ma’lumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari ro‘y bermoqda.
Kibermakonda shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma’lumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari ham uchrab turibdi.
Sodir etilgan bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, kripto-aktivlarni noqonuniy aylanmasi, xususan noqonuniy mayning faoliyati uchun Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Senatorlar qonun qabul qilingandan so‘ng Ichki ishlar vazirligi mas’ullari joylarda aholi, jamoatchilik uchun targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirishi lozimligiga e’tibor qaratdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:51 / 21.05.2025
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
19:28 / 06.03.2025