O‘zbekiston | 07:50 / 27.10.2023
16748
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlardagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilindi

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi - qariyb 7,2 million so‘m. Undan keyingi o‘rinlarni Navoiy (5,7 million so‘m) va Toshkent viloyati (4,4 million so‘m) egalladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi 4,4 million so‘mni tashkil etdi

Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,1 foizga oshgan.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi — qariyb 7,2 million so‘m. Undan keyingi o‘rinlarni Navoiy (5,7 million so‘m) va Toshkent viloyatlari (4,4 million so‘m) egalladi.

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi — 3,2 million so‘m. Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlarida ham past ko‘rsatkich kuzatilgan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqi quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 7 186 900;
  • Navoiy viloyati — 5 750 300;
  • Toshkent viloyati — 4 419 200;
  • Andijon viloyati — 3 850 400;
  • Buxoro viloyati — 3 785 800;
  • Xorazm viloyati — 3 649 300;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 638 200;
  • Sirdaryo viloyati — 3 533 600;
  • Jizzax viloyati — 3 388 400;
  • Farg‘ona viloyati — 3 340 400;
  • Surxondaryo viloyati — 3 314 200;
  • Samarqand viloyati — 3 298 900;
  • Namangan viloyati — 3 258 800;
  • Qashqadaryo viloyati — 3 200 800.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 12,7 million so‘mni tashkil etdi. 

Ta’lim (3 million so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2,9 million so‘m) boshqa sohalarga nisbatan quyi pog‘onalarda qayd etildi.

Mavzuga oid