Fan-texnika | 00:34 / 27.10.2023
59097
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Xiaomi 14 smartfonlari oilasi taqdim etildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi mahsulotlar taqdimoti doirasida Xiaomi 14 smartfonlarining yangi oilasi bilan tanishtirdi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro modellarining farqi protsessor va displeydir, deyiladi taqdimotda. Qurilmalar Snapdragon 8 Gen 3 chipi bilan jihozlangan birinchi smartfon bo‘lib, shuningdek, Xiaomi va CSOT tomonidan ishlab chiqilgan S8 yorug‘lik taratuvchi materialga asoslangan displeyga ega. Uning maksimal yorqinligi 3000 nit va zichligi 422 dyuym/pikselgacha. LPTO texnologiyasi 1 dan 120 Gs gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan yangilanish tezligini ta’minlaydi.

Foto: Xiaomi

Pro versiyasida Allaround Liquid Display dizayniga ega 6,7 dyuymli WQHD+ displey mavjud bo‘lib, ekran doimiy egrilikni ta’minlash uchun to‘rt tomondan va burchaklardan bir oz pastga egiladi. Qurilma, shuningdek, oldingisiga nisbatan mustahkamlangan yangi avlod keramik himoya oynasiga ega. Smartfonlar Leica linzalari va texnologiyalari bilan yangi Light Fusion 900 tasvir sensori o‘rnatilgan kameralar, Pro versiyasida esa suratga olish uchun kengaytirilgan sozlamalarga ega.

Foto: Xiaomi

Xiaomi 14 smartfoni 5 Gbit/s gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega USB 3.2 Gen1 porti bilan jihozlangan, Xiaomi 14 Pro esa USB 3.2 10 Gbit/s ulagichga ega. Asosiy versiyaning yuqori energiya zichligidagi akkumulyatori 4610 mA•soat bo‘lib, 90 Vt HyperCharge simli va 50 Vt simsiz zaryadlashni, Pro versiyasining 4880 mA•soat batareyasi esa 120 Vt HyperCharge simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkala smartfon ham to‘rtta mikrofon va Dolby Atmos stereodinamiklar bilan jihozlangan.

Foto: Xiaomi

Yangi qurilmalar bozorga Xiaomi HyperOS operatsion tizimi bilan chiqadi. Yangi operatsion tizim smartfonlar, aqlli uy qurilmalari va Xiaomi avtomobillarida paydo bo‘ladi.

Taqdimotda smartfonlarning narxi haqida ma’lumot berilmadi.

Mavzuga oid