Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Dog‘istondagi voqealarni tashqi aralashuv sifatida baholadi
Mahachqal’a aeroportida 29 oktyabr oqshomida Isroildan kelgan samolyot tufayli tartibsizliklar yuz berdi.
Dog‘istondagi Mahachqal’a aeroportida tartibsizliklar tashqi aralashuv natijasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Mahachqal’a aeroporti atrofidagi voqea asosan tashqi aralashuv, jumladan, tashqi axborot ta’sirining natijasidir. G‘azo sektoridagi dahshatni ko‘rsatuvchi televizion kadrlar fonida odamlarni g‘azablantirish oson», — dedi Kreml matbuot kotibi jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istondagi vaziyat bo‘yicha batafsil hisobotlar olyapti.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Mahachqal’a voqealaridan so‘ng 30 oktyabr kuni katta yig‘ilish o‘tkazadi, unda G‘arbning «Yaqin Sharqdagi voqealardan Rossiya Federatsiyasidagi jamiyatni parchalash uchun foydalanish» urinishlari muhokama qilinadi.
Mahachqal’a aeroportida tartibsizliklar 29 oktyabr oqshomida G‘azo sektoridagi voqealar chog‘ida Isroildan kelgan samolyot tufayli boshlangan. Namoyishchilar va huquq-tartibot kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. 20 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Matbuot kotibi, shuningdek, G‘arbdan Rossiya Federatsiyasiga xavfsizlik bo‘yicha «yangi takliflar» yo‘qligini aytdi.
Bu haqda u amerikalik iqtisodchi Jyeffri Saksning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xavfsizlik sohasidagi takliflariga qaytish zarurligi haqidagi fikrini izohlar ekan aytib o‘tdi.
«Hozir boshqa variant yo‘q, boshqa takliflar yo‘q, bu iqtisodchining nuqtai nazari, boshqa narsa emas. Bizning zamonamizda, ayniqsa G‘arbning meynstrimida juda kam uchraydigan fikr», dedi Peskov.
Mavzuga oid
19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi
22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida
16:03 / 17.04.2025
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
09:32 / 26.03.2025