O‘zbekistonda pomidor narxi oshishda davom etmoqda - EastFruit
O‘tgan haftada qizil yumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha oshdi. Pushti pomidor narxi esa 12 ming so‘mdan 18 ming so‘mga qimmatladi.
Oktyabr oyi o‘rtalarida EastFruit O‘zbekistonda pomidor ulgurji narxlari dinamikasining o‘sish tendensiyasi qayta tiklangani va xalqaro platforma tahlilchilari bashorat qilganidek, ushbu mahsulotlar narxlari o‘sishda davom etayotgani haqida yozgan edi.
Bir haftalik pauzadan so‘ng pomidorning ulgurji narxlari yana oshdi – o‘tgan haftada pushti pomidor 50 foizga, qizil yumaloq pomidor esa 43 foizga qimmatlashdi.
EastFruit narxlari monitoringiga ko‘ra, 2023 yil 20 oktyabrdan 27 oktyabrgacha O‘zbekistonda pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 12 ming so‘mdan 18 ming so‘m/kgga (0,98 dollardan 1,47 dollarga) oshdi. Ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlari o‘sish tendensiyasi oktyabr oyi boshidan buyon davom etayotgani inobatga olinsa, oy davomida pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 18 ming so‘m/kggacha (0,57 dollardan 1,47 dollargacha), ya’ni 2,6 barobar o‘sgan.
So‘nggi uch oyda ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi birinchi marta o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 6 foizga oshdi.
Oxirgi haftada qizil yumaloq pomidorning ulgurji narxlari ham keskin oshdi, 2023 yil 20 oktyabrdan 27 oktyabrgacha ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 10000 so‘m/kgga (0,57 dollardan 0,82 dollarga) o‘sdi. Mahsulot narxi ketma-ket uchinchi hafta oshib borayotgani hisobga olinsa, bu davrda O‘zbekistonda qizil yumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000 dan 10 000 so‘m/kggacha (0,33 dan 0,82 AQSh dollariga) oshdi, ya’ni 2,5 barobar.
Joriy yil iyul oyining uchinchi o‘n kunligidan oktyabr oyining birinchi o‘n kunligigacha qizil yumaloq pomidor ulgurji narxlari o‘tgan yilgi darajadan sezilarli darajada past bo‘ldi, biroq o‘sish tendensiyasi qayta boshlanganidan buyon bu farq tez qisqara boshladi. 2023 yil 27 oktyabr holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilgi darajadan 17 foizga past.
Mavzuga oid
22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi
19:29 / 03.06.2024
Qozog‘iston «xavfli virus» sababli 4 tonna pomidorni O‘zbekistonga qaytardi
08:30 / 07.05.2024
O‘zbekiston va Tojikistonda piyoz nihoyatda arzon narxda sotilmoqda - EastFruit
17:46 / 15.04.2023