Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi
Hukumat parlamentni tarqatib yuborish va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich uchun muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni so‘radi. Vazirlar mahkamasi bu mamlakatdagi keskinlikni kamaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 1 noyabr, chorshanba kuni parlamentni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlar 17 dekabrda o‘tkazilishini e’lon qildi. Ular 65 munitsipalitetda, jumladan, poytaxt Belgradda mahalliy saylovlar bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.
Serbiya hukumati «jamoatchilikning bir qismi» va muxolifat partiyalarining iltimosiga asoslanib, muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi. Hukumatning 30 oktyabr kuni e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, muddatidan oldin ovoz berish «jamiyatdagi qarama-qarshi pozitsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatning kamayishini» ta’minlaydi.
Yevrokomissiya Serbiyani Kosovo bilan munosabatlarni normallashtirishga chaqirmoqda
«Biz barchamiz Serbiya hayotiy manfaatlari uchun kurashda birdam bo‘lishimiz kerak bo‘lgan davrda yashayapmiz, bu davrda ham Kosovo bo‘yicha pozitsiyamiz, ham boshqa mintaqaviy va global muammolar tufayli bosim ostida qolamiz», — dedi prezident Vuchich muddatidan oldin saylov to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilar ekan. Hozirgi parlament vakolati muddati 2026 yilda tugashi kerak edi.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen 31 oktyabr kuni Serbiyaga keldi. Belgradda u Serbiya hukumatini avvalroq tashrif buyurgan Kosovo bilan munosabatlarni normallashtirishga chaqirdi. Ursula fon der Lyayyen, shuningdek, Serbiyani Rossiyaga qarshi g‘arb sanksiyalariga qo‘shilishga, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga va qonun ustuvorligini ta’minlashga chaqirdi.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
11:30 / 02.11.2024
Serbiyada temiryo‘l vokzalida tom qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
19:06 / 29.10.2024