O‘zbekiston | 14:23 / 06.11.2023
31730
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning 9 hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
8-9 noyabr kunlari respublika hududida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilyapti.
“O‘zgidromet” rahbari xabariga ko‘ra, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
09:51 / 06.11.2024
Ispaniyadagi suv toshqini: 89 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti
10:10 / 02.11.2024
Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 200 kishidan oshdi
09:10 / 01.11.2024