BMT agentliklari Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
«Yetardi. Bu zudlik bilan to‘xtatilishi kerak», - deyiladi BMTning 18 gumanitar tashkiloti bayonotida. Bir oy ichida G‘azo sektorida BMTning 88 nafar xodimi halok bo‘ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy agentliklari, jumladan, BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon oziq-ovqat dasturi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarlari kamdan-kam uchraydigan qo‘shma aksiyada Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
«Deyarli bir oydan beri xalqaro hamjamiyat Isroil va bosib olingan Falastin hududlaridagi vaziyatning rivojlanishini kuzatmoqda, halok bo‘lganlar soni ortib borayotganidan g‘azablanmoqda. Bizga zudlik bilan gumanitar sulh kerak. 30 kun o‘tdi. Yetarli, buni darhol to‘xtatish shart», — deyiladi 5 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda. Uni BMTning 18 gumanitar tashkiloti vakillari imzoladi.
Deklaratsiya mualliflarining eslatishicha, HAMAS jangchilarining Isroildagi hujumi natijasida 1400 ga yaqin odam halok bo‘lgan, minglab odamlar yaralangan, 200 dan ortiq kishi, jumladan, bolalar garovga olingan. «Bu dahshatli. Lekin G‘azo sektorida bundan ham ko‘proq tinch aholining dahshatli o‘ldirilishi, 2,2 million falastinlik oziq-ovqat, suv, dori-darmon, elektr va yonilg‘i ta’minotidan uzilib qolgani kabi eng yomon holat», - deyiladi hujjatda.
Uning mualliflari, shuningdek, HAMAS tashkiloti nazorati ostidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarini taqdim etdi: 9000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, ulardan - 3900 nafari bolalar. Bu ma’lumotlarni mustaqil manbalardan tekshirishning iloji yo‘q.
«Biz yana bir bor garovga olingan barcha tinch aholini zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishga chaqiramiz. Tinch aholi va infratuzilma, jumladan, shifoxonalar, boshpanalar va maktablar himoya qilinishi kerak. Ko‘proq yordam - oziq-ovqat, suv, dori-darmon va, albatta, yonilg‘i kelishi kerak», — deya ma’lum qildi BMT.
G‘azo sektorida BMT agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘ldi
Hujjatda, shuningdek, 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida o‘nlab yordam xodimlari, jumladan, BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.
Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlarining bitta to‘qnashuvda qurbon bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichidir, deyiladi bayonotda.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 10 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
07:50 / 22.11.2024