Normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiogen omillar qanday aniqlanishi belgilandi
Adliya vazirining «Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Uslubiyot quyidagilarni aks ettiruvchi jadval shaklida keltirilgan:
korrupsiogen omillar;
korrupsiogen omillarning tushunchasi;
misollar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar.
Misol sifatida quyidagi norma keltirilgan: «Vakolatli organ tekshirish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish o‘tkazishi mumkin. Nazorat tartibida tekshirish vakolatli organ farmoyishi asosida o‘tkaziladi».
Ushbu holatda tekshirish o‘tkazish tartibi, muddati va shakli mavjud emas.
Umumiy hisobda 29 ta korrupsiogen omil, shu jumladan quyidagi yangi omillar bo‘yicha misollar keltirilgan:
davlat organlari tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar sarflanishining shaffof tartib-taomili mavjud emasligi;
soliq va yig‘imlarni hisoblash va undirish jarayonlarining murakkab va noaniqligi;
tanlov(auksion) taomillaridan bo‘yicha tovlashga imkon beruvchi normalarning mavjudligi;
davlat organlari va davlat ulushi bor tashkilotlarda davlat xaridlarini amalga oshirishning shaffof mexanizmlari mavjud emasligi;
tekshirish va taftishlarni o‘tkazish tartibining mavjud emasligi;
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashning shaffof tartibi yo‘qligi.
Mavzuga oid
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024