Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh ikki tomonlama hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh davlat kotibining yordamchisi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashdi.
«AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu janoblari boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashishdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston va AQSh Strategik sheriklik muloqotining uchinchi yig‘ilishi davomida hamkorlikning keng kun tartibi muhokama qilingan.
Ustuvor sohalar, ayniqsa, mintaqaviy iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan yo‘nalishlar belgilab olingan.
2021 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Ikkinchi yig‘ilish 2022 yil 13 dekabr kuni Vashington shahrida tashkil etildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025