Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda kelin-kuyov nikohini kutubxonada rasmiylashtirdi
Bu O‘zbekistonda birinchi marta bo‘lgani aytildi.
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida ikki yosh rasmiy nikoh marosimini kutubxonada o‘tkazdi. Bu haqda Ovoza axborot dasturi lavha tayyorladi.
Qayd qilinishicha, qo‘qonlik kelin kuyov oldin «Amiriy» kutubxonasida tanishib qolgan. Kelin ushbu kutubxonada ishlagan, kuyov esa kitob o‘qish uchun u yerga tez-tez borib turgan. Shu yerda tanishgan ikki yosh nikohini ham shu kutubxonada rasmiylashtirishga qaror qilgan.
FHDYo xodimlari kelin va kuyovning nikoh marosimini o‘tkazish uchun kutubxonaga borishgan. Rasmiy tadbir davomida ular oila deb e’lon qilingan. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, bunday holat O‘zbekistonda birinchi marta yuz bermoqda.
Xabar berilishicha, Qo‘qon shahri hokimi yosh oilani tabriklab, ularga baxt-saodat tilagan. Yakunda ular birgalikda daraxt ko‘chatini ekkan.
Mavzuga oid
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025