O‘zbekiston | 15:22 / 08.11.2023
7583
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent − Xo‘jakent yo‘nalishida elektropoyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi

8 noyabrdan boshlab Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent yo‘nalishida elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

2023 yilning 8 noyabr kunidan boshlab Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, bu harakat tarkibini modernizatsiya qilish sababli ro‘y bergan.

8 noyabrdan quyidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi:

  • 6435/6436-sonli Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent yo‘nalishi;
  • 6441/6442-sonli Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent yo‘nalishi.

Harakat qachondan boshlab qayta tiklanishi noma’lum.

Mavzuga oid