O‘zbekiston | 10:47 / 09.11.2023
4451
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid