Jahon | 10:38 / 11.11.2023
5876
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Xitoy yetakchilari San-Fransiskoda uchrashishi tasdiqlandi

Bayden va Si Jinping o‘rtasidagi uchrashuv 15 noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Oq uy. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Foto: Oq uy

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Jinping bir yil ichida birinchi marta San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida uchrashadi. Bu haqda rasmiy shaxslar 10 noyabr, juma kuni xabar berdi.

Oq uy vakili Karin Jan-Perning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, ikki davlat rahbarlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar masalalari, ochiq aloqa kanallarini saqlab qolishning davom etishi muhimligini, shuningdek, qator mintaqaviy va global muammolarni muhokama qiladi.

Si Jinping 14—17 noyabr kunlari San-Fransiskoga tashrif buyuradi, u yerda APEC sammitida ishtirok etadi, shuningdek, AQSh prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Bu Bayden va Si Jinpingning bir yil ichida birinchi uchrashuvi bo‘ladi. Liderlar oxirgi marta 2022 yil noyabrida Balidagi G20 sammitida uchrashgan edi. Si Jinping 2017 yildan beri AQShga tashrif buyurmagan. 

Mavzuga oid