Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH yuz berdi
Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.
Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobusi bilan bog‘liq ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi Ashxobod bog‘i chorrahasida MAN rusumli 21-sonli avtobus yo‘l qatnov qismining chap bo‘lagida to‘xtab turgan Nexia-1 avtomobilning orqa qismiga borib urilgan.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, avtobus yo‘l qatnov qismining chap bo‘lagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo‘ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan to‘xtab turgan yengil avtomobilga borib urilgan. Avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida «Buyuk Ipak yo‘li — Chingeldi» metro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan 151-sonli yo‘lovchi avtobusi Equinox rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.
Equinox qayrilib olmoqchi bo‘lgan avtobusning old qismiga kelib urilgan.
Hozirda Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:06
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:14
“Yana nechta bola yo‘llarda o‘lishi kerak?” – ko‘paygan avariyalar haqida katta suhbat
09:51
Toshkentda "Spark" va "Matiz" to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
21:38 / 10.10.2024