O‘zbekiston | 14:06 / 14.11.2023
5158
2 daqiqa o‘qiladi

O‘quvchilarni boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikka o‘qitish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: O‘zA

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv-moddiy bazasini 2024-2028 yillarda bosqichma-bosqich mustahkamlash dasturi.

Nizomning normalari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilari va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘quvchi-yoshlar bir o‘quv yili mobaynida mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarining asosiy talablari bilan tanishadi. 

Mashg‘ulotlarda Qurolli kuchlarning asosiy vazifalari, umumharbiy nizomlari talablari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ommaviy qirg‘in qurolidan himoyalanish ko‘nikmalari va boshqalar tushuntiriladi.

Mavzuga oid