Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi tayinlandi
Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlandi. U bungacha Malayziyada elchi edi.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
2018 yildan u Malayziyadagi elchi bo‘lib ishlagan. Ravshan Usmonov 45 yoshda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik instituti (hozir - universitet) bitiruvchisi.
2000 yildan tashqi siyosat idorasida ish boshlagan, markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Keyinchalik u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarmasiga rahbar bo‘lgan. Fransiyada, shuningdek, Italiya va Portugaliyada elchi sifatida ishlagan.
Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londonda elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025