Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yaratdi
Qurilma gaz, olov va tutun yuzaga kelganda uy egalarini ogohlantiradi, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilarga xavf yuzaga kelgan joydan geolokatsiya tashlab, SMS xabarnoma yuboradi.

Toshkentda maktab o‘quvchisi is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qurilma 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Ozodbek Hoshimov tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, u uch yildan buyon robototexnika to‘garagiga qatnab kelgan. Qurilma gaz, olov va tutun yuzaga kelganda uy egalarini ogohlantiradi, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilarga xavf yuzaga kelgan joydan geolokatsiya tashlab, SMS xabarnoma yuboradi.
“Qish mavsumi edi. Odamlar is gazidan vafot etdi degan mash’um xabarlarni OAV orqali o‘qib, eshitganimda, buning oldini olish kerak degan o‘y keldi va buning ortidan mana shu ixtironi yaratish g‘oyasi tug‘ildi. Agar ushbu ixtiro tegishli xizmatlar bilan integratsiya qilinsa, albatta bunday baxtsiz hodisalarning oldi olinishiga ishonaman”, — deydi o‘quvchining o‘zi.
Ayni damda uning ixtirosini patentlash jarayoni kechmoqda.
Mavzuga oid

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025
Gaz korxonasiga qarashli gaz ballonlarini noqonuniy sotayotgan fuqaro aniqlandi

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

15:09 / 09.04.2025