O‘zbekiston | 09:00 / 21.11.2023
9939
2 daqiqa o‘qiladi

Haval birinchi 100 mijoz uchun foydali taklifni e’lon qiladi

Foto: Haval

Haval avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyasi dastlabki 100 xaridor uchun foydali taklifni e’lon qildi. Bundan tashqari, korporativ mijozlar uchun noyob taklif mavjud.

Eng kamida 12 000 000 so‘m avans to‘lovi qilinib, shartnoma bo‘yicha to‘liq to‘lov 5 kun ichida amalga oshirilganda umumiy narx 12 000 000 so‘mga pasaytiriladi.

Bundan tashqari, korporativ mijozlar uchun taklif mavjud: uch va undan ortiq avtomobil xarid qilishda 4 800 000 so‘mdan chegirma taqdim etiladi.

ADM Global allaqachon Jolion va H6 modellari sotuvi boshlanganini e’lon qilgan. Yaqin kelajakda modellari qatori M6, Dargo va boshqa avtomobillar bilan to‘ldiriladi.

Endilikda Haval avtomobillarining ikkala modeli ham Toshkent shahridagi «Olmazor» dilerlik markazida, shuningdek, Andijon shahridagi dilerlik markazida mavjud.

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ADM Global dilerlik markazlarida malakali xodimlar xizmat ko‘rsatadi, bu yuqori sifatli va tezkor xizmatni amalga oshirish imkonini beradi. Kompaniya, shuningdek, ehtiyot qismlar va aksessuarlarning keng assortimentini taklif etadi.

Qayd etish joizki, Haval avtomobillari 5 yil yoki 150 000 km kafolatga ega.

Shuningdek, siz to‘g‘ridan to‘g‘ri dilerlik markazida kreditga avtomobil xarid qilishingiz mumkin. Agar siz mashinani sotib olishdan oldin sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Haval bepul test drayvlarini tashkillashtiradi.

+998 71 287 8888 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, test drayv uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ish vaqti: 9:00 dan 20:00 gacha, dam olish kunlarisiz

Manzil: Olmazor tumani Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi 36-uy

Sayt: haval.uz

Telegram: haval_uzb

Instagram: haval_uzbekistan

Facebook : haval.uz

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid