Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BAA bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Vazir al-Gargaviy davlat rahbariga amirliklar prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar yuqori sur’atda rivojlanayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxona va loyihalar soni barqaror oshib bormoqda.
Qabul qilingan “yo‘l xaritasi” doirasida, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va raqamli hukumatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Qariyb mingta seminar, forum va o‘quv kurslari o‘tkazilib, ularda 2 million nafargacha mutaxassis malaka oshirdi.
Uchrashuvda samarali boshqaruv, savdo salohiyatini rivojlantirish, shaharlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yuksak texnologiyalar, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025