O‘zbekiston | 11:10 / 23.11.2023
4314
1 daqiqa o‘qiladi

Hujjatlarni konsullik legallashtirish tartibi tasdiqlandi

Konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalar legallashtirilishi ularning xalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

respublikada va O‘zbekistonning konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtirish tartibini;

legallashtirish yozuvini kiritish tartibini;

ushbu hujjatlar va dalolatnomalarga qo‘yiladigan talablarni.

Konsullik muassasalari tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning xalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.

Konsullik legallashtirish hujjat yoki dalolatnomada bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat ularni imzolagan shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir.

Konsullik legallashtirish funksiyasini:

xorijiy davlatlarda – O‘zbekistonning konsullik muassasalari;

O‘zbekistonda – Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti amalga oshiradi.

Mavzuga oid