Jahon | 13:47 / 23.11.2023
3081
4 daqiqa o‘qiladi

Navalniy jamoasi - Duma deputatlarining BAAdagi ko‘chmas mulki haqida

Aleksey Navalniyning YouTube-kanalidagi yangi videoda so‘nggi bir necha yil ichida Dubayda hashamatli ko‘chmas mulk sotib olgan Davlat dumasining 13 nafar deputati haqida so‘z boradi.

Foto: Karen Dalton / unsplash

22 noyabr, chorshanba kuni Aleksey Navalniy jamoasi o‘zining YouTube-kanalida surishtiruv videosini e’lon qildi, unda so‘nggi bir necha yil ichida oilalari Birlashgan Arab Amirliklarida hashamatli ko‘chmas mulk sotib olgan Davlat dumasining 13 nafar deputati haqida so‘z yuritdi. «Davlat dumasi deputatlari har kuni ruslar hayotini doimiy ravishda yomonlashtirib, birin-ketin odamxo‘rlik qonunlarini qabul qilish bilan shug‘ullanadi. Va shu bilan birga o‘z qonunlarini yaxshilaydi. Televizorda ular Rossiyaning asosiy vatanparvarlari sifatida ko‘rinadi, lekin aslida ular chet elda ko‘chmas mulk sotib olib, uni o‘z qarindoshlari nomiga rasmiylashtirmoqda», deyiladi Amirliklarning eng yirik shahri - Dubayning yer reyestri saytidan olingan ma’lumotlarga asoslanib, «Dubayga safarbar qilinganlar. Davlat dumasi deputatlari BAAda kvartiralar sotib olmoqda» videosi sharhida. 

Rossiyalik muxolif siyosatchining tarafdorlari Dubaydagi ko‘chmas mulklar, xususan, hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi deputatlari Vladislav Reznik, Pavel Fedyayev, Saygidpasha Umaxanov, Aleksandr Sidyakin va boshqalarning qarindoshlariga tegishli ekanligini da’vo qilmoqda. Shu tariqa, 2022 yilda Reznikning rafiqasi Diana Gindin Dubayda har biri 165 kvadrat metr maydonga ega ikkita kvartira sotib olgan, 2023 yilda esa «Yagona Rossiya» deputatining oilasi Palm Beach Towers ko‘p qavatli inshootida panoramali ko‘rinishga ega uchinchi kvartirani xarid qilgan. O‘z navbatida, «Mehr-shafqat va tartib» vatanparvarlik jamoat tashkiloti asoschisi, «Yagona Rossiya» a’zosi Grigoriy Anikeyev mashhur Palm-Jumeyra orolida 1200 kvadrat metr maydon va 557 kvadrat metr terrasaga ega prezidentlik penthausini sotib olgan. 

«Deputatlik qurultoylari va ovoz berish tez orada Palm-Jumeyra plyajida o‘tkazilishi mumkin» 

Surishtiruvchilar, shuningdek, Dubayda deputatlar, senatorlar, vazirlar va sudyalar uchun xorijiy ko‘chmas mulkka egalik qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi tashabbuskori LDPR deputati Vladimir Koshelevning taxminiy qiymati 180 million rublga teng bo‘lgan kvartirasini ham topdi. «Yaqinda Palm-Jumeyra plyajida deputatlar qurultoyi va ovoz berish, Burj Xalifada esa qo‘mita yig‘ilishlari o‘tkazilishi mumkin. Keyin o‘sha deputatlar xotirjamlik bilan sizga safarbar qilinganlar qaytib kelmasligini aytadi. Kechirasiz, rotatsiya bo‘lmaydi. Ular maxsus harbiy operatsiya tugaguniga qadar, barcha maqsadlarga erishilgunga qadar u yerda bo‘ladi», — deyiladi surishtiruvda. 

Bundan tashqari, surishtiruv Ukrainada jang qilayotgani aytilayotgan deputatlarning aviaparvozlari haqida ma’lumot beradi. Navalniy tarafdorlarining so‘zlariga ko‘ra, Vitaliy Milonov va Oleg Golikov Sochida bo‘lishiga qaramay, «frontdan» suratlarini bir necha bor e’lon qilgan, Adam Delimxonov esa rasman «frontda» bo‘lganida, Moskvadan Grozniyga parvoz qilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid