Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochiladi
O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida Saudiya Arabistonida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandosh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan munosabatlarni mustahkamlash, investitsiyaviy va sayyohlik muhitining jozibadorligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, vatandosh O‘zbekistonda kechayotgan yangiliklarni doim kuzatib borishini, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida erishilgan yuksak natijalar bilan faxrlanishini ta’kidladi.
«Xorijda uzoq yillardan beri restoran biznesi bilan shug‘ullanib kelaman. Makkada o‘zbek milliy taomlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu shaharning markaziy qismida yangi tamaddixona ochyapmiz. Ushbu restoranga «O‘zbekiston» deb nom qo‘ydik», dedi u.
Yangi tashkil etilayotgan restoranga bosh oshpaz, novvoy va boshqa xodimlarni O‘zbekistondan jalb etishga kelishib olindi.
Makka shahridagi «O‘zbekiston» birinchi milliy taomlar restoranining rasmiy ochilish marosimi 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
11:51 / 26.03.2025