Sport | 20:23 / 24.11.2023
25874
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» yana Superliga chempioniga aylandi

Toshkent jamoasi uchun bu 16-chempionlik.

Foto: Superliga

Superliga 25-turi doirasida «Paxtakor» «Surxon»ga qarshi bahsda g‘alabaga erishib, muddatdan avval O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Toshkentdagi bu o‘yinda «sherlar» rasman mehmon sanalsa-da, «Surxon»ga qarshi o‘z maydonida o‘ynadi. Uchrashuvning 53-daqiqasida Saitov hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Turg‘unboyev ikkinchi golga mualliflik qildi – 2:0.

72-daqiqada esa termizliklar forvardi Nimeli hisobni qisqartirdi – 2:1. Bu natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va «Paxtakor» ochkolari sonini 53taga yetkazib, turnir yakunlanishidan bir tur oldin rasman O‘zbekiston chempioniga aylandi. «Sherlar» ketma-ket 5-yil bosh sovrinni hech kimga bermayapti.

Bu turda ochko yo‘qotgan «Nasaf» 47 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda, «Navbahor» esa 46 ochko bilan 3-o‘rinda. Termiz klubi esa 37 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan.

Superliga. 25-tur
24 noyabr (juma)
«Surxon» - «Paxtakor» - 1:2

Hakam: Shavkat Nasibullayev
Gollar: Silvanus Nimeli 72 – Dilshod Saitov 53, Azizbek Turg‘unboyev 66.

«Surxon»: 1.Artyom Potapov, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Azizbek Pirmuhammadov (66.Behruz Shaydulov, 71), 6.Artyom Sokal, 7.Dostonbek Tursunov (99.Komron Saydazimov, 83), 10.Tamirlan Jamalutdinov (9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 46), 15.Diyor Ramozonov, 18.Silvanus Nimeli, 19.Nuriddin Hasanov, 27.Asilbek Jumayev (77.Asadbek Karimov, 71).

«Paxtakor»: 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov (40.Kimi Merk, 71), 3.Hojiakbar Alijonov (77.Dilshod Saitov, 8), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Dragan Cheran (s), 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (20.Hojimat Erkinov, 54), 17.Dostonbek Hamdamov (8.Azizbek Turg‘unboyev, 54), 27.Sardor Sobirxo‘jayev (28.Diyor Xolmatov, 46), 34.Farrux Sayfiyev, 88.Shahzod Azmiddinov.

Turnir jadvali:

 

Co‘nggi 26-tur:

Mavzuga oid