Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament va Rada o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
Yevroparlament va Ukraina Oliy radasi raislari Bryusselda uchrashdi. Yevropa Ittifoqi parlamenti memorandumni Ukraina siyosiy institutlarini YeIga integratsiyaga tayyorlashning eng muhim elementi deb atadi.
Yevroparlament raisi Roberta Metsola va Ukraina Oliy radasi raisi Ruslan Stefanchuk 28 noyabr, seshanba kuni Ukraina va Yevropa parlamenti o‘rtasida yangilangan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
«Men Belgiyaga amaliy tashrifni boshlayapman. Asosiy maqsad - Ukrainaning Yevropa integratsiyasi va a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlash bilan bog‘liq muhim qarorlarni ilgari surish uchun sa’y-harakatlarni safarbar qilish. Shuningdek, biz Rada va Yevropa parlamenti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga tayyorlanyapmiz, bu muhim hujjat», - deya izoh berdi Bryusselga tashrif buyurgan Stefanchuk.
«Hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam»
Bryusselda memorandumning imzolanishi «ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam» va «Ukraina siyosiy institutlarini Yevropa Ittifoqiga integratsiyaga tayyorlashning eng muhim elementi» deb ataldi. Yevroparlament raislari konferensiyasi Yevropa kengashining Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi. Bundan tashqari, Bryussel Kiyevni urushni yengib o‘tishda qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.
Mavzuga oid
22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
10:01 / 04.03.2025
Rada Trampning urushni tugatish bo‘yicha tashabbuslarini olqishladi
11:45 / 21.12.2024
Yevroparlamentda O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
15:51 / 29.11.2024