Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma’lumotnomaning ayrim turlari DXM va «Yagona portal» orqali beriladi
Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining «Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
ma’lumotnomalar berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
davlat xizmatini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar taqsimoti;
ma’lumotnomalar berish bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining pasportlari.
Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli so‘rovnoma DXM xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Reglament qoidalari hujjatga ilovalarda keltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlarida nazarda tutilgan ma’lumotnoma turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 02.07.2024
Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi
12:46 / 01.05.2024
Toshkentdagi barcha tuman DXMda xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
10:48 / 11.04.2024
17 ta turdagi xulosalar DXM va YaIDXP orqali beriladi
15:41 / 24.11.2023