Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ham reydlar: “Mehrik” va unga aloqador 9 kishi ushlandi
Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida huquq tartibot organlari 10 kishini qo‘lga oldi. Ular zo‘ravonlik, kuch ishlatish, firibgarlik va tahdid yo‘li bilan pul mablag‘larini qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanib kelgani aytilmoqda.
Xususan, “Mehrik” laqabi bilan tanilgan, 1991-yilda tug‘ilgan, Allayorov Mehriddin Muzaffarovich, 1995-yilda tug‘ilgan To‘rayev Umid Shuhratovich va ularning 8 nafar jinoiy sheriklari qo‘lga olingan.
“Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda,“ — deyiladi Navoiy viloyati IIB bayonotida.
Shuningdek, rasmiylar mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan. Ma’lumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025