Surxondaryoda YHXB mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Haydovchi Lacetti’ni ogohlantirish ishoralarisiz o‘ng tomonga burgan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Volkswagen Caddy bilan to‘qnashib, uni yo‘l chetiga chiqarib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Termizda YHXBga tegishli xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 2023 yil 9 dekabr kuni soat 07:30 larda sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Elnur Abrayev o‘ziga biriktirilgan Volkswagen Caddy mashinasini Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasida boshqarib ketayotgan vaqtida Lacetti haydovchisi ogohlantirish ishoralarisiz o‘ng tomondagi yo‘lakka o‘tmoqchi bo‘lgan va u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda YHXB xodimi boshqaruvida bo‘lgan Volkswagen Caddy yo‘l chetiga chiqib ketgan va shikastlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi

11:29 / 10.04.2025