Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda qizamiq eng ko‘p tarqalgan mamlakatlar e’lon qilindi
Yuqori uchlikdan Yaman, Hindiston va Qozog‘iston joy oldi.
Foto: Getty Images
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) dunyoda qizamiq tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, qizamiq eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar Yaman, Hindiston va Qozog‘iston ekani ma’lum bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, Yamanda 23 mingdan ortiq, Hindistonda qariyb 15 ming, Qozog‘istonda 13 mingga yaqin qizamiq kasalligi qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Efiopiya (11 mingdan ortiq), Pokiston (8 mingdan ortiq), Kongo Demokratik Respublikasi (6 mingga yaqin) va Rossiya egallagan (4 mingdan ortiq).
Shu bilan birga, CDC noyabr oyi boshida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni keltirdi. 6 dekabr kuni Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda qizamiq bilan kasallanganlar soni 20 mingdan oshganini ma’lum qilgan edi.
CDC qizamiq epidemiyasi kutilganidan kattaroq ekanini ta’kidlamoqda. Ular bunga koronavirus pandemiyasi ta’sir qilgan deb hisoblashadi: 2020 yildan 2022 yilgacha qizamiqqa qarshi vaksinaning 61 million dozasi qo‘llanmagan yoki kechiktirilgan.
Qizamiqni davolab bo‘lmaydi, infeksiyani oldini olishning yagona yo‘li emlashdir.
Mavzuga oid
08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
18:12 / 17.08.2024