Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 4 shahrida arab restoranlari ochilishi mumkin
Samarqand, Toshkent, Buxoro va Farg‘ona shaharlarida arab restoranlarini ochish taklifi bildirildi.
Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchixonasida Kuvaytning yirik xususiy sarmoyadorlaridan biri — Xolid al-Habshi bilan muzokaralar o‘tkazildi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida sayyohlik infratuzilmani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Xolid al-Habshi Samarqand, Toshkent, Buxoro va Farg‘ona shaharlarida arab restoranlarini ochish taklifini bildirdi. Ushbu loyihalarning barchasi kuvaytlik investorning to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etiladigan mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Kuvayt tomoni, shuningdek, O‘zbekistonda mehmonxona biznesiga ham sarmoya kiritishga qiziqish mavjudligini ta’kidladi. Muzokaralar yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni hayotga tatbiq etish masalalarini O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muhokama qilish uchun alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib olishdi.
Mavzuga oid
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
11:00 / 12.05.2025