Dahshatli YTH sodir qilgan Tahoe haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasiga ko‘ra, YTH natijasida yirik avtomobil bilan to‘qnashgan Tico haydovchisida bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlar aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Marg‘ilon shahar A.Yassaviy-Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahasi avtomobil yo‘lida fuqaro M.Yu “Tahoe-2» avtomashinasi bilan o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.T. boshqaruvidagi “Tico” avtomashinaga urilib, YTH sodir qilgan.
Natijada “Tico” haydovchisi S.T. tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga murojaat qilgan. Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorining bergan ma’lumotnomasiga ko‘ra, S.T. da og‘ir tan jarohati – bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlari borligi aniqlangan. Tico yo‘lovchisi A.Q.da esa chap boldir suyagi yopiq singan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024