Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy uchinchi muddatga qayta saylandi
U 2030 yilgacha davlatni boshqarish vakolatiga ega bo‘ldi.
Misrning amaldagi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy prezidentlik saylovining birinchi bosqichida 89,6 foiz ovoz (39,7 million fuqaro) bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy saylov komissiyasi rahbari Hazim Badaviy matbuot anjumanida ma’lum qildi.
U prezidentlik saylovida yana ikki nomzod – Misr sotsial-demokratik partiyasi raisi Farid Zahron va liberal «Vafd» partiyasi rahbari Abdul Sanad Yamomani ortda qoldirdi.
Hazim Badaviy so‘zlariga ko‘ra, saylovda qatnashganlar soni mamlakat bo‘yicha rekord darajadagi 66,8 foizni tashkil etgan. Uning aniqlik kiritishicha, ovoz berish jarayonida qonunbuzarliklar bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan.
Misrda prezidentlik saylovi uch kun — 10, 11 va 12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. U muddatidan avval, 69 yoshli Abdulfattoh as-Sisiyning vakolat muddati tugashiga to‘rt oy qolganida o‘tkazildi.
As-Sisiy 2014 yildan beri prezident lavozimida ishlab kelmoqda. 2018 yildagi saylovda u ikkinchi marta qatnashdi, bu oxirgi muddat bo‘lishi kerak edi. Biroq, bir yil o‘tgach, mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra, As-Sisiy uchinchi muddatga saylanish huquqiga ega bo‘ldi, prezident vakolati to‘rt yildan olti yilgacha oshirildi. Endi As-Sisiy 2030 yilgacha Misrni boshqarish vakolatiga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025