Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pistorius: Yevropa Kiyevga yetishmayotgan AQSh yordami o‘rnini qoplab beradi
Boris Pistoriusning ta’kidlashicha, Yevropa mudofaa sanoati ishlab chiqarishni kerakli hajmda oshirish uchun besh-sakkiz yil vaqtga ega.
«Bizga ma’lumki, ertami-kechmi biz Vashingtondan kelmasligi mumkin bo‘lgan narsalarni qoplab berishimiz kerak bo‘ladi. Nazariy jihatdan, hamma narsa muammosiz darhol qoplay olinmaydigan sohalar bo‘lishi mumkin», dedi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistorius Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida. U shu tariqa yevropalik hamkasblari Qo‘shma Shtatlardan kelishi to‘xtaydigan yordamni Yevropa Ukrainaga qoplab berishi bo‘yicha «eng yomon ssenariy»ga tayyorlanyaptimi, degan savolga javob berdi. Ushbu intervyu 16 dekabr kuni chop etilgan.
Pistorius aynan qaysi sohalarda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida so‘ralganda, Yevropa mudofaa sanoati ishlab chiqarish hajmini oshirishi uchun vaqt kerakligiga e’tibor qaratdi. «Bizda qurolli kuchlarda ham, sanoat va jamiyatda ham kerakli ko‘rsatkichlarga erishish uchun taxminan besh-sakkiz yil bor», dedi u Rossiya hozirda harbiy ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirayotganini eslatib.
Pistorius so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaning Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Gurjiston va Moldovaga qarshi tahdidlarini juda jiddiy qabul qilish kerak». «Bu shunchaki og‘zaki urishish emas. Shu o‘n yillikning oxirida biz xavf-xatarlarga duch kelishimiz mumkin. Lekin ungacha biz tayyor bo‘lamiz», deb prognoz qildi Germaniya mudofaa vazirligi rahbari.
Pistorius Germaniyaga majburiy harbiy xizmatni qaytarish imkoni haqida
Bundan tashqari, Pistorius intervyu davomida Bundesver xodimlari maktablarga tez-tez kelayotganini va o‘quvchilarga o‘z xizmati hamda vazifalari haqida gapirib berayotganini qo‘llab-quvvatladi. «Bu militarizm emas, balki umumiy ta’lim. Shunchaki tinchlikka umid qilish va bu tinchlikni kafolatlash uchun zarur bo‘lgan vazifalarni e’tiborsiz qoldirish befoyda. Men bu haqda madaniyat vazirlari va federal yerlar hukumatlari rahbarlari bilan gaplashaman», - dedi Pistorius.
Boris Pistorius «majburiy harbiy xizmat modellariga» qaytish haqida o‘ylayapsizmi, degan savolga: «Barcha imkoniyatlar ko‘rib chiqilmoqda», deb javob qaytardi. «Ammo har qanday model uchun, qaysi biri bo‘lishidan qat’iy nazar, siyosiy ko‘pchilik kerak. Bir paytlar majburiy harbiy xizmatni bekor qilish uchun sabablar bo‘lgan. Biroq, bu xato bo‘lib chiqdi, - deb hisoblaydi mudofaa vaziri. - Endi uni tizimli, konstitutsiyaviy va siyosiy jihatdan shunchaki qayta joriy qilish juda qiyin».
Germaniyada 2011 yilda umumiy harbiy majburiyat bekor qilingan.
Mavzuga oid
08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi
13:52 / 28.04.2025
Pistorius: Trampning Ukraina bo‘yicha taklifi kapitulyatsiyaga o‘xshaydi
11:16 / 07.03.2025
Pistorius: AQShning Kiyevga to‘xtatilgan yordamini qoplab beramiz
12:02 / 24.02.2025