Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya qurol eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi
Shuningdek, budjetdagi harbiy xarajatlar miqdorini keskin oshirdi.
Yaponiya hukumati budjetdagi harbiy xarajatlarni sezilarli darajada oshirdi va halokatli qurollar eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Fumio Kishida ma’lum qildi, deb yozdi Fox News.
Yaponiya hukumati mudofaa xarajatlarini 16 foizga oshirish va Ikkinchi jahon urushidan beri amalda bo‘lgan qurol eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.
«Biz qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni himoya qilishga hamda Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qo‘shishga umid qilamiz», dedi Kishida va Yaponiya tinchlikparvarlik tamoyillariga sodiqligini qo‘shimcha qildi.
Budjet loyihasi tasdiqlangach, Yaponiya darhol Qo‘shma Shtatlarga «Patriot» raketa tizimlarini jo‘natdi. Qayd etilishicha, raketalar avval Yaponiyada AQSh litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan.
20 dekabr kuni Jo Bayden ma’muriyati, agar Yaponiya Qo‘shma Shtatlarga «Patriot» havo hujumidan mudofaa tizimi uchun o‘q-dorilar yetkazib bersa, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish hajmini oshirishi mumkinligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025