Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston salkam 3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
Respublika 63 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,1 foizini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (41,3 foiz), kalava-ip (40,7 foiz) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 626 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 63 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd;
- kalava-ip – 1,1 mlrd;
- trikotaj mato – 284,8 mln;
- gazlamalar – 164,8 mln;
- paypoq mahsulotlari – 56,9 mln dollar.
Mavzuga oid
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
12:26 / 02.05.2025