O‘zbekiston | 09:14 / 28.12.2023
4807
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Butunjahon suv forumi sessiyasida ishtirok etishni rejalashtiryapti

Indoneziyaning ANTARA milliy axborot agentligi O‘zbekiston bilan munosabatlarga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi.

Foto: Dunyo AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, maqolada Indoneziya Vakillar palatasining Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi (BKSAP) raisi Fadli Zonning O‘zbekiston bilan hamkorlikka oid fikrlari qalamga olingan. Uning aytishicha, O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlari faqat iqtisodiy va savdo-sotiqdan iborat emas. Chunki har ikki davlatda asosan musulmonlar yashaydi, shuning uchun mamlakatlarni o‘xshash qadriyatlar va ziyorat turizmi ham bog‘lab turadi.

«Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar boshqa musulmon davlatlari kabi talab darajasida. Indoneziya eng ko‘p musulmon aholiga ega va ayni paytda yirik demokratik davlatdir. Shu bois ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik iqtisodiy va savdo aloqalari doirasidan tashqariga chiqadi», - deya Fadli Zon so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.

Fadli Zon, shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ham ta’kidlangan.

«Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Fadli Zon ushbu mamlakat parlamenti vakillarini ASEAN Parlamentlararo assambleyasi (AIPA) hamda 2024 yil 14 fevral kuni Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan qonunchilik va prezidentlik saylovlariga kuzatuvchi sifatida taklif qildi, - deya ma’lum qilgan ANTARA. - U, shuningdek, o‘zbekistonlik deputatlarni 2024 yil may oyida Balida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon suv forumining parlament sessiyasida ishtirok etishga chaqirdi».

Mavzuga oid