O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari 27 xalqaro brend ostida mahsulot eksport qildi
2023 yilda to‘qimachilik korxonalari 27 xalqaro brendlar ostida mahsulot eksport qilgan. Bu haqda "O‘zto‘qimachiliksanoati" uyushmasi ma’lum qildi.
Yil yakuni bilan brendlarga 1,2 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinishiga olib keldi.
Joriy yilda Germaniya, Rossiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, AQSh kabi mamlakatlarda 16 ta yirik xalqaro ko‘rgazmalarda 150 dan ortiq korxonalar ishtiroki ta’minlangan.
Qo‘shimcha ravishda elektron tijoratni rivojlantirish natijasida Wildberries, Ozon kabi marketpleyslar orqali 400 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va raqobatni oshirish maqsadida joriy yilda 110 ming tonnadan ortiq sun’iy tola va aralash matolar qayta ishlangan.
Ushbu ishlar natijasida yil yakuniga qadar 3,5 mlrd dollar miqdorida eksport ta’minlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024