O‘zbekiston | 11:51 / 29.12.2023
4953
3 daqiqa o‘qiladi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 11 ta ustuvor yo‘nalishi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 11 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 21 dekabrdagi farmoniga ko‘ra Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.
Qo‘mita faoliyatining 11 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
- xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash;
- erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- davlat xizmati, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
- xotin-qizlarning kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga ko‘maklashish, tadbirkorligini rivojlantirish;
- oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, ijtimoiy xodim va boshqa davlat xizmatchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish;
- oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish;
- oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish;
- migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga ko‘maklashish;
- keys menejment qo‘llagan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash;
- o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish.
Mavzuga oid
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:50 / 11.10.2024