O‘zbekiston | 13:23 / 30.12.2023
10878
2 daqiqa o‘qiladi

Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi markaz direktori o‘rinbosari Ilhom Sattorov Chortoq hokimi sifatida ish boshladi.  Tumanning avvalgi hokimi Anvar Otaxo‘jayev dekabr oyi o‘rtalarida Namangan shahar hokimi etib tayinlangandi.

Namangan viloyati Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Ilhom Sattorov Chortoq tumani hokim lavozimida ish boshladi. 

U 1985 yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Namangan muhandislik pedagogika instituti, 2020 yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: menejment, davlat boshqaruvi.

2008-2014 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2014-2016 yillarda Chortoq tumani moliya bo‘limi mudiri. 2016-2017 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasi daromadlarni prognozlashtirish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i. 

2017-2023 yillarda Uychi tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Innovatsion rivojlanish vazirligi Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar markazi direktori o‘rinbosari - respublika tijoratlashtirish va maslahat xizmatlari majmuasi rahbari vazifasida ishlab kelgan. 

Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining 2023 yil 29 dekabrdagi qarori bilan amalga oshirildi.

Bundan oldin, dekabr oyi o‘rtalarida Chortoq tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Anvar Otaxo‘jayev G‘ofur Jamolov o‘rniga Namangan shahrining yangi hokimi sifatida ish boshlagandi.

U 2019 yildan buyon Chortoq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan.

Mavzuga oid